OFB mobil ilovasi
7 sentabr

«Orient Finans» XATB va Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi (XSRIK) o’rtasida moliyalashtirish liniyasi to’g’risida shartnoma imzolandi.

Toshkent. 2021 yil 4-sentyabr: Xususiy Sektorni Rivojlantirish bo’yicha Islom Korporatsiyasi (XSRIK), Islom taraqqiyot banki (ITB) guruhi a'zosi va «Orient Finans» XATB o’rtasida O’zbekistonda «COVID-19» pandemiyasi davrida mijozlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida 10 mln AQSH dollarlik moliyalashtirish liniyasi to’g’risida shartnoma imzolandi.

Ta'kidlash joizki, bu XSRIK tomonidan «Orient Finans» XATB uchun ajratilgan uchinchi moliyalashtirish liniyasidir. Avvalroq, korporatsiya tomonidan 2017 va 2018 yillarda ikkita moliyalashtirish kredit liniyasi ajratilgan edi.

Ma'lumot o’rnida:

ITB Kengashining 46-yillik yig’ilishi Toshkentda 2021 yil 31-avgustdan 4-sentyabrga qadar bo’lib o’tdi. Unda ITBiga a'zo mamlakatlardan 57 ta ish boshqaruvchi, hukumat a'zolari, shuningdek, banklar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.