Sizning sevimli narsangiz bilan shug'ullanib buning uchun pul ishlashdan nima yaxshi bo'lishi mumkin? Shunday qilib, 2 yil avval fitness ishi tarixi boshlandi. Hamma narsa boshqalardagidek: birinchi bo'lib xonani ijaraga olish, trenajyorlarni sotib olish, xodimlarni jalb qilish.
Bir muddat ijara bilan shug'ullanganimizdan so'ng, biznesning yaxshi ketayotganini va o'zimizni oqlayotganimizni tushundik. Ammo kelajakda yanada o'sih va rivojlanish uchun, zalni sotib olish, anig'i, lizingga olish haqida qaror qabul qilindi.
Endi biz qarorning to'g'riligini to'liq his qildik. Lizing uchun biz ta'minotga muhtoj emasmiz, binoning o'zi garovga aylandi va har bir lizing to'lovi bizni shahar markazidagi chiroyli zalning egasi bo'lishga yaqinlashtiradi.
Bu yerda bitta maydonda nafaqat sport va dam olish uchun, balki go'zallik va sog'likni saqlash uchun ham barcha zarur narsalar mavjud: fitness zallari, shaxsiy studiya, go'zallik salonlari, massaj xonasi, fitness bar.