Apple Pay va OFB bilan bir harakatda to‘lang! 📱
Endi «Orient Finans» Bankining Visa va Mastercard kartalarini OFB mobil ilovasi orqali (https://onelink.to/9ggez7) Apple Pay’ga ulash va jismoniy kartadan foydalanmasdan Apple qurilmalari yordamida xaridlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.
OFB kartasini Apple Wallet’ga qanday qo‘shish mumkin?
1️⃣ Apple Wallet’ni oching.
2️⃣ Yuqori o‘ng burchakdagi «+» belgisini bosing va karta qo‘shishni tanlang.
3️⃣ OFB karta ma’lumotlarini kiriting va qo‘shishni tasdiqlang.
4️⃣ Tasdiqlangandan so‘ng karta Apple Wallet’da paydo bo‘ladi.
To‘lovni qanday amalga oshirish mumkin?
↪️ Do‘konlarda: Apple qurilmangiz orqali to‘lovni tasdiqlang va uni terminalga yaqinlashtiring.
↪️ Ilovalar va saytlarda: buyurtmani rasmiylashtirishda Apple Pay’ni tanlang va to‘lovni tasdiqlang.
🏦 OFB kartangizni Apple Pay’ga ulang va xaridlar uchun mamnuniyat bilan to‘lang!