Bank kartangiz uchun oltin raqam
Orient Finans Bank Uzcard, HUMO va Uzcard Sherdor bank kartalarini oltin raqam bilan rasmiylashtirish imkoniyatini taqdim etadi. Mavjud variantlar orasidan o‘zingizga yoqqan raqamlar kombinatsiyasini tanlang.
Oltin raqamni rasmiylashtirish narxlari:
Toifa | Uzcard va HUMO | Uzcard Sherdor |
|---|---|---|
Diamond | 3 000 000 so‘m | 3 000 000 so‘m |
Platinum | 1 500 000 so‘m | 1 500 000 so‘m |
Gold | 500 000 so‘m | 500 000 so‘m |
Silver | 300 000 so‘m | 300 000 so‘m |
Bronze | 100 000 so‘m | 200 000 so‘m |
Barcha tariflar QQSni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.
Uzcard Sherdor kartasini rasmiylashtirishda qo‘shimcha ravishda tegishli bank komissiyasi hamda 800 000 so‘m miqdoridagi yillik abonent to‘lovi undiriladi.
Raqamni saqlab qolgan holda kartani qayta chiqarish
Karta yo‘qolgan, shikastlangan yoki amal qilish muddati tugagan taqdirda, uni oltin raqamini saqlab qolgan holda qayta chiqarish mumkin.
Uzcard va HUMO — 100 000 so‘m.
Uzcard Sherdor — 200 000 so‘m.
Qayta chiqarish narxlari QQSni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.
Qanday rasmiylashtirish mumkin?
Oltin raqamni tanlash va bank kartasini rasmiylashtirish uchun Orient Finans Bankning istalgan filialiga murojaat qilishingiz mumkin.