Orient Finans Bank va Raiffeisen Bank International AG moliyaviy hamkorlikni kengaytirmoqda
Mayamidagi Sibos 2026 doirasida Orient Finans Bank Raiffeisen Bank International AG (Avstriya) bilan yangi shartnoma imzoladi.
Banklar o‘rtasidagi hamkorlik 2012-yildan buyon davom etmoqda. Yangi kelishuv savdoni moliyalashtirish, valyuta va pul bozorlari, shuningdek, xalqaro va ichki hisob-kitoblar uchun yechimlarni ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.
Mijozlar uchun ko‘proq imkoniyatlar yaratish maqsadida xalqaro aloqalarni rivojlantirmoqdamiz