Sayt sinov rejimida ishlamoqda.
1 daqiqa
17.09.2026

Orient Finans Banki va Commerzbank AG (Germaniya) hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qildi

16-sentyabr kuni «Orient Finans» Banki va Commerzbank AG vakillari ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.
Asosiy e’tibor — xalqaro pul o‘tkazmalari, loyihaviy moliyalashtirish va moliyaviy vositalar ko‘lamini kengaytirishga shaqaratilgan.
Tomonlar, shuningdek, banklararo munosabatlarni mustahkamlash va yangi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Muzokaralar yakunida ishtirokchilar uzoq muddatli hamkorlik va yangi loyihalarni ishga tushirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.