Sayt sinov rejimida ishlamoqda.
4 daqiqa
05.06.2026

HURMATLI AKSIYADORLAR!

“Orient Finans” XATB o‘z aksiyadorlarini 2026 yil 26 iyun kuni soat 10:30 da Bankning Bosh ofisida, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 5-uy manzilida 2025 yil yakunlari bo‘yicha Bank aksiyadorlarining yillik hisobot Umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi haqida xabardor qiladi.

 

Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishi aksiyadorlar yoki ularning vakillari birgalikda ishtirok etishi shaklida o‘tkaziladi. Ovoz berish Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan shakl va matndagi byulletenlar orqali amalga oshiriladi.

 

Aksiyadorlarning yillik Umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida xabardor qilish uchun aksiyadorlar ro‘yxati 2026 yil 4 iyun holatiga ko‘ra tuziladi. Umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati esa 2026 yil 22 iyun holatiga ko‘ra tuziladi.

 

Bankning pochta manzili: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 5-uy.

Elektron pochta manzili: info@ofb.uz

Veb-sayt: www.ofb.uz

 

KUN TARTIBI

 

1. Bank aksiyadorlarining Umumiy yig‘ilishi Sanoq komissiyasining miqdoriy va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

2. Bank aksiyadorlarining yillik hisobot Umumiy yig‘ilishini o‘tkazish reglamentini tasdiqlash.

3. Bankning 2025 yil uchun yillik hisobotini tasdiqlash.

4. Kuzatuv kengashining 2025 yil yakunlari bo‘yicha faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini tinglash.

5. Bank Boshqaruvining 2025 yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy-xo‘jalik faoliyati hamda 2026 yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar to‘g‘risidagi hisobotini tinglash.

6. “Orient Finans” XATBning 2024–2030-yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasining 2025 yilda ijro etilishi natijalarini ko‘rib chiqish.

7. Bankning 2025 yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish natijalari yuzasidan auditorlik xulosasini ko‘rib chiqish.

8. Bankda 2025 yil yakunlari bo‘yicha korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko‘rib chiqish.

9. Bankning sof foydasini taqsimlash, shu jumladan 2025 yil yakunlari bo‘yicha dividendlar to‘lash.

10. Bankning “Ko‘zda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlarida hisobga olinadigan umidsiz aktivlarni undirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar to‘g‘risida.

11. 2026 yil yakunlari bo‘yicha majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilash, uning xizmatlari uchun to‘lovning eng yuqori miqdorini aniqlash hamda u bilan shartnoma tuzish.

12. Bank Boshqaruvi Raisi va Boshqaruv a’zolari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini uzaytirish.

13. Bankning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

14. Bank Kuzatuv kengashi bayonnomalarini tasdiqlash.

15. Bank Kuzatuv kengashi a’zolariga mukofot puli to‘lash.

16. Bank Kuzatuv kengashining yangi tarkibini saylash.

17. Bank tizimida islom bank faoliyatini joriy etish.

18. Bank Ustavini yangi tahrirda tasdiqlash.

19. Bank boshqaruv organlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash:

a) “Orient Finans” XATB aksiyadorlarining Umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida”gi Nizomni yangi tahrirda tasdiqlash;

b) “Orient Finans” XATB Kuzatuv kengashi to‘g‘risida”gi Nizomni yangi tahrirda tasdiqlash;

v) “Orient Finans” XATB Boshqaruvi to‘g‘risida”gi Nizomni yangi tahrirda tasdiqlash.

 

Aksiyadorlarning yillik Umumiy yig‘ilishi materiallari bilan tanishish uchun Bankning Bosh ofisiga quyidagi manzil bo‘yicha murojaat qilish mumkin: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 5-uy, shuningdek, +998 71 205-55-55 telefoni orqali, ichki raqam: 5505.

 

Yig‘ilishda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish 2026 yil 26 iyun kuni soat 10:00 da boshlanadi.

 

Yig‘ilishda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishda aksiyador o‘zi bilan pasport yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjatni olib kelishi lozim. Aksiyadorning vakili esa, bundan tashqari, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ega bo‘lishi kerak.

 

 

  “Orient Finans” XATB Kuzatuv kengashi