Uzcard Sherdor imtiyozlar dasturi shartlaridagi o‘zgarishlar
Hurmatli Uzcard Sherdor premium kartalari egalari!
UZCARD va Yandex Go hamkori o‘rtasidagi kelishuv muddati yakunlanishi munosabati bilan, 2026-yil 18-iyuldan boshlab Uzcard Sherdor kartalari egalari uchun Ultima tarifi bo‘yicha bepul safarlar taqdim etilishi to‘xtatilishini ma’lum qilamiz.
Uzcard Sherdor dasturi doirasidagi boshqa imtiyozlar va maxsus takliflar belgilangan shartlarga muvofiq amal qilishda davom etadi.
UZCARD imtiyozlar dasturini rivojlantirish, hamkorlar ro‘yxatini kengaytirish hamda premium karta egalari uchun yangi chegirmalar, maxsus takliflar va xizmatlarni joriy etish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.
Amaldagi imtiyozlar va dastur hamkorlari haqidagi dolzarb ma’lumotlar Uzcard Sherdor rasmiy saytida joylashtiriladi.
Tushunganingiz va Uzcard Sherdor premium kartasini tanlaganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.